“Kelajak tongi”da zamonaviy basseynlar ishlab chiqarilmoqda
2026-04-08 12:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida yashovchi tadbirkor Musoxon G‘ofurov oilaviy biznes yo‘lga qo‘ygan. Ushbu faoliyat orqali mahalladagi 8 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.

Korxonada vanna va ko‘chmas basseynlar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Ayrim mahsulotlar narxi 4000 dollargacha yetadi. Hozirda bu yerda oyiga 100–150 dona mahsulot tayyorlanyapti.
Tuman hokimi tadbirkor faoliyati bilan tanishib, uning murojaatini tingladi. Tadbirkor ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha yer maydoni ajratishni so‘radi. Ushbu masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi tashabbuslar mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






