Kanal qirg‘oqlari va yashil hududlarda tartib nazorat qilindi
2026-04-07 12:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida Furqat hamda “Guliston” mahallalaridan oqib o‘tuvchi shimoliy Farg‘ona magistral kanali qirg‘oqlarida tartib va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Mazkur hududda yashovchi aholi xonadonlari va atrof muhitning tozaligi hamda tartibi alohida e’tiborga olingan. Bugun mahalla va kanal atrofidagi yashil maydonlar holati, shuningdek, obodonlashtirish ishlari axvoli tekshirildi. Bu chora-tadbirlar aholi uchun yanada qulay va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan.
Ta’kidlandiki, tartib va tozalikni ta’minlashda mahalla aholisining faol ishtiroki ham muhim sanaladi, bu esa jamoaviy mas’uliyatni oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishda alohida ahamiyatga ega.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









