65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda
2026-04-06 19:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida 65-Xalqaro Gullar festivali munosabati bilan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Tuman hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilyapti, yo‘llar va yashil maydonlar jozibador ko‘rinishga keltirilmoqda.

Tumandagi asosiy markaziy hudud — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab o‘ziga xos, betakror gulzorlar barpo etilyapti, yo‘l yoqalari esa rang-barang gullar bilan bezatilmoqda.
Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari mehmonlar va aholi uchun go‘zal, fayzli muhit yaratishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









