“Super gold” mahalliy bozorga 50 turdagi shirinlik yetkazmoqda
2026-04-06 18:30:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan “Super gold” MCHJ rahbari Komiljon Sobirov shirinliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va shu orqali 14 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minladi.
Korxonada 50 turdagi shirinliklar tayyorlanib, mahalliy bozor, el dasturxoni va shirinliklar uyiga yetkazib beriladi. Oyiga o‘rtacha 300 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






