Yangi Namangan tumanida badiiy gimnastika bo‘yicha hokim olimpiadasi yakunlandi
2026-04-04 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yosh qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha hokim olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan “Pahlavon” sport majmuasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa yuqori saviyada, ko‘tarinkilikda tashkil etildi, unda yosh iste’dod egalari o‘z mahoratini namoyon etdilar.
Ushbu tadbir yosh sportchilarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni katta sportga jalb etish hamda kelajakda yuqori natijalarga erishishlariga zamin yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib e’tirof etildi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi yutuq egalarini qutlab, yosh gimnastlarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyat tiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









