“Kosonsoy” ko‘chasida ham tartibga solish ishlari olib borilmoqda
2026-04-03 17:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida hududlarni obodonlashtirish, tartibga solish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Bugungi o‘rganishlar tumanning “Mingchinor” mahallasi “Kosonsoy” ko‘chasi hududida bo‘ldi.

Ushbu ko‘cha ham asosan savdo va servis xizmatlari obyektlarini o‘z ichiga olgan. Tuman hokimi boshchiligida o‘tkazilgan o‘rganish davomida ko‘cha bo‘ylab joylashgan har bir obyekt holati tanqidiy ko‘rib chiqildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbirkor va mulkdorlarga o‘z hududlarini obod va ko‘rkam holatga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish va muntazam parvarishlash, atrof-muhitni tartibga solish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









