“Yoshlar kuni”da ilg‘or g‘oyalar muhokama markazida
2026-04-02 16:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining turizm, kommunal soha, favqulodda holatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jihozlari, bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qurilmalari hamda yog‘in suvlaridan samarali foydalanishga oid loyihalari, ijodiy ishlanmalari va startap tashabbuslarini taqdim etdilar.
Muloqot jarayonida talabalar va tuman tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan choralar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘oyalarini hayotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati
“Yoshlar kuni”da ilg‘or g‘oyalar muhokama markazida
Yangi Namangan tumanida “Yoshlar kuni” doirasida izlanuvchan, kreativ fikrlaydigan va iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.