“Yoshlar kuni” yurish marafoni bilan boshlandi
2026-04-02 10:10:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari “Sport — sog‘lom hayot garovi” shiori ostida tashkil etilgan yurish marafoni bilan boshlandi.

Aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi va Namangan davlat texnika universitetining 1000 nafardan ortiq talabalari ishtirok etib, sog‘lom hayot yo‘lida qadam tashlashdi.
Mazkur marafon yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni faol hayot tarziga undash va “Yoshlar kuni” tadbirlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









