Kanal qirg‘oqlari va yashil hududlardagi tartib nazorat qilindi
2026-03-28 18:05:00 / Yangiliklar

O‘tgan yillar davomida Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy nomidagi mahallasidan oqib o‘tuvchi shimoliy Farg‘ona magistral kanali qirg‘oqlarida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 1,574 km uzunlikdagi ushbu hududda infratuzilma yaxshilanib, zamonaviy landshaft me’morchiliklarini qo‘llagan holda aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugun ushbu manzildagi umumiy holat ko‘zdan kechirildi, o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari, o‘rindiqlar axvoli o‘rganilib, yashil maydonlar va daraxtlar parvarishiga alohida e’tibor qaratildi.
Obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






