Namanganning tashrif qog‘ozi — gullar bayramiga qizg‘in hozirlik boshlandi
2026-03-28 11:00:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, Yangi Namangan tumani festivalga tayyorgarlikdagi asosiy nuqtalardan biri sifatida alohida e’tibor markazida. Tumanda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlangan, hududning zamonaviy va jozibador qiyofasi shakllantirilmoqda.
Xususan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab gulzorlar barpo etish, yo‘l yoqalari rang-barang kompozitsiyalar bilan bezatishga shay holatda. Bu ishlar nafaqat estetik ko‘rinishni oshiradi, balki festival mehmonlariga unutilmas taassurot bag‘ishlashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda tumandagi yashil hududlar, jamoat joylari va infratuzilma obyektlarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu esa festival kunida Namangan yanada go‘zal va fayzli qiyofada namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









