Yangi Namangandagi 68-maktab uchun qo‘shimcha o‘quv bino qurilmoqda
2026-03-27 16:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasidagi 68-umumta’lim maktabida sinf xonalari yetishmasligi sababli o‘quvchilar 2-3 smenada o‘qishga majbur edi. Bu noqulayliklarni bartaraf etish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida maktab 540 o‘rindan 630 o‘rinli qo‘shimcha binoga kengaytirilmoqda. Ushbu ishlar uchun 7,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bugun bunyodkorlik avvalida duoi fotiha o‘qilib, jonliq so‘yildi. Tuman hokimi qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yangi bino bitgach, o‘quvchilar va ustozlar uchun shart-sharoitlar yaxshilanadi, ta’lim sifatini oshirish imkoni yaratiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









