“Mingterak” mahallasida ham Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tdi
2026-03-27 13:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Mingterak” mahallasida Navro‘z shodiyonalari ko‘tarinki kayfiyatda va birdamlikda tashkil etildi.

Bayram doirasida bahoriy taomlar, palov tayyorlanib, turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi. Milliy an’analar, kuy-qo‘shiqlar va sport o‘yinlar saylga alohida fayz bag‘ishlab, aholiga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida nuroniylar ko‘klamga, Navro‘zga yetkazgani uchun shukronalik aytishdi, yurtga tinchlik, to‘kinlik va farovonlik tilab duo qilishdi.
Ushbu bayram tadbiri mahallada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlab, Navro‘zning ezgu qadriyatlarini namoyon etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








