University of Business and Science talabalari bilan erkin muloqot o‘tkazildi
2026-03-26 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi “Oromgoh” mahallasida faoliyat yuritayotgan University of Business and Science xususiy universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Hozirgi kunda universitetda 33 yo‘nalishda 2 000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ular uchun 210 nafar mahalliy va chet ellik professorlar dars bermoqda. Shuningdek, Afrika, Germaniya, Finlyandiya, AQSH, Turkiya va MDH davlatlari professorlari masofadan ta’lim berishda faol ishtirok etishmoqda.
Ochiq muloqot davomida yoshlar yangi loyihalari, ijodiy ishlanmalari, startap tashabbuslari hamda maqsad va rejalari bilan bo‘lishdilar. Uchrashuvda talabalar va tuman tadbirkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, tashabbuslarni amaliyotga tatbiq qilish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









