“Gaiston” da infratuzilmani yaxshilash choralari ko‘rilmoqda
2026-03-25 14:40:00 / Yangiliklar

Ko‘cha infratuzilmasini takomillashtirish, aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.
Jumladan, 130 ta beton tayanch ustunlar o‘rnatilib, 2 km yangi tarmoq tortilmoqda hamda 250 KVA li transformator punkiti qo‘yilyapti, buning natijasida 200 ta xonadon barqaror energiya bilan ta’minlanadi.
Jamoatchilik turmushini yaxshilashga qaratilgan ushbu loyiha doirasida yo‘llar ham sozlanyapti, hozirda 2 km ichki yo‘l shag‘allangan bo‘lsa, yana 2 km qismida ishlar davom etmoqda.
Suv ta’minotini yaxshilash uchun esa 500 metr yangi tarmoq tortilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi infratuzilma hudud sharoitini yaxshilash, aholi hayoti uchun qulaylik va farovonlik yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









