Guldan pul qilayotgan ishbilarmonlar
2026-03-25 13:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida gulchilik orqali daromad topayotgan oilalar soni ortib bormoqda. “Tinchlik” mahallasida joylashgan xonadonlardan birida tashkil etilgan gul plantatsiyasi bu borada ibratli namuna hisoblanadi.

Xonadon sohibasi Malika Boboxonovaning ma’lum qilishicha, hovlidagi 3 ta plantatsiyada 100 dan ortiq turdagi gullar parvarishlanib, ularning umumiy soni 10 ming tupdan oshadi. Oila a’zolari 18 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanib, mazkur faoliyatni asosiy daromad manbaiga aylantirgan.
Gulchilar har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan gullar festivalida faol ishtirok etib, nafaqat daromad topish, balki tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.
Boisi, gul yetishtirish kamxarj va serdaromad sohalardan biri sifatida hududda tobora ommalashib bormoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






