University of Business and Science uchun yangi bino quriladi
2026-03-24 15:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasida faoliyat yuritayotgan University of Business and Science xususiy universiteti yangi bino qurish rejasini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda universitet 1200 o‘ringa mo‘ljallangan binoda 33 yo‘nalishda 2000 nafarga yaqin talaba tahsil bermoqda. Ular uchun 210 nafar mahalliy va chet ellik professorlar dars bermoqda. Shuningdek, Afrika, Germaniya, Finlyandiya, AQSH, Turkiya va MDH davlatlari professorlari masofadan ta’lim berishda qatnashmoqda.
Yangi bino Davlatobod tumani Yuksalish mavzeida barpo etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, universitet faoliyatini va ta’lim qamrovini kengaytirishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





