Bir issiqxonada uch xil daromad imkoniyati
2026-03-24 11:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mehnatobod” mahallasida yashovchi Adhamjon Ergashev 15 yildan buyon tomorqachilik bilan shug‘ullanib, barqaror daromad topib kelmoqda.

Xonadonidagi 8 sotixli issiqxonada gul, pomidor va bodiring yetishtirilib, mavsum davomida 10–15 nafar aholi ish bilan ta’minlanmoqda. Ayni paytda issiqxonada alamiya navli pomidorlar gullab, hosilga kirish arafasida. Joriy yilda 15 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, mahsulotlar ichki bozor bilan birga eksportga ham yo‘naltiriladi.
Tadbirkor hosildan so‘ng issiqxonada gul urug‘lari ekib, qalamcha orqali ko‘chat tayyorlaydi hamda xonaki gullar yetishtiradi. Bu esa yil davomida uch martagacha daromad olish imkonini yaratmoqda.
Tuman hokimi issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirib, uni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









