Navro‘z ayyomi mahallalarda davom etmoqda
2026-03-22 13:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani mahallalarida Navro‘z shodiyonalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Jumladan, “Kelajak tongi” mahallasida ham bayram munosabati bilan ehson tadbiri bo‘lib o‘tdi. Birdamlikda tashkilllangan sharqona yangi yilda sumalak, bahoriy taomlar hamda palov tayyorlandi.
Nuroniylar ko‘klamga, Navro‘zga yetkazgani uchun shukronalik bildirib, yurtga tinchlik, to‘kinlik, farovonlik tilab duo qilishdi. Navro‘z ayyomi barchaga quvonch va iliq kayfiyat ulashdi.
Bunday bayram tadbirlari mahallalarda o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlab, Navro‘zning ezgu qadriyatlarini namoyon etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






