Navro‘z sayllari Yangi Namanganda ham shodlik va quvonch bilan o‘tdi
2026-03-21 13:10:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida Navro‘z katta tanatana bilan nishonlandi. “Afsonalar vodiysi” tematik parkida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida milliy an’analar va qadriyatlarni namoyish etuvchi sayl tashkil etildi.

Sayl davomida milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar, xalq o‘yinlari va she’rlar taqdim etildi. Bahoriy taomlar, palov hamda 20 metrlik mega shashlik tayyorlab, mehmonlarga ulashildi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ham ishtirok etdi. Shuningdek, xorijdan tashrif buyurgan talabalar va mehmonlar barchaga o‘zbek tilida samimiy tabrik yo‘lladi hamda Navro‘z ruhini birgalikda his etishga chorladi.
Estrada yulduzi Ziyoda Qobulova va mahalliy san’atkorlar ijrosi barchada bayramona kayfiyat uyg‘otdi. Quvonarlisi, 15 ta mahallalardagi ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun sunnat to‘ylari ham tashkil etildi.
Barchada Navro‘z shodiyonasi va quvonch ruhi hukmron bo‘ldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









