Yangi Namangan tumanidagi masjidlar Ramazon hayiti namoziga tayyorlanmoqda
2026-03-19 22:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi barcha masjidlarda Ramazon hayiti namozini munosib o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish hamda bayram kunlari tartib va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Masjidlarda sanitariya holati, jamoat tartibi va harakat xavfsizligi masalalari alohida nazoratga olingan.
Tuman hokimi hududdagi masjidlarda bo‘lib, mas’ullarga bayram tadbirlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, tumandagi 7 ta masjid Ramazon hayiti namozini o‘tkazishga to‘liq tayyor bo‘lib, fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









