Ramazon hayitini munosib o‘tkazish chora-tadbirlari belgilab olindi
2026-03-19 17:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hududida Ramazon hayiti bayramini munosib va yuksak saviyada o‘tkazish hamda bayram tadbirlari davomida fuqarolar tinchligi, jamoat va yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Xususan, tumandagi masjidlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda zarur shart-sharoitlar yaratish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l-harakat xavfsizligini ta’minlash hamda transport tirbandligining oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Tuman hokimi bu borada barcha mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur chora-tadbirlar bayramni ko‘tarinki ruhda, osoyishta va xavfsiz muhitda o‘tkazish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda jamoat tartibini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






