“Yoshlik” mahallasida infratuzilma va aholi sharoiti o‘rganildi
2026-03-18 11:20:00 / Yangiliklar
Bugun Yangi Namangan tumani hokimi “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, hududdagi holatni o‘rgandi. Mahallaning Yangiqo‘rg‘on tumani bilan chegara qismida joylashgan “Humo” ko‘chasidagi mavjud muammolar, infratuzilma axvoli va aholi turmush sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ko‘chalarni obodonlashtirish, kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda yopilib ketgan zakan yo‘lini ochish va chiqindilarni bartaraf etish masalalarida yechim choralarini ko‘rish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hududda 2021-2024 yillar davomida ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan bo‘lsa, 2022-2023 yilda ko‘chaning aksariyat qismi asfaltlangan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati







