Kichik issiqxonalar katta daromad olib kelmoqda
2026-03-16 13:00:00 / Yangiliklar

Mahallada yashovchi Ravshan Qoraboyev xonadon tomorqasidan unumli foydalanib kelmoqda. Uning xovlisida termos usulida tashkil etilgan issiqxonada 100 tupga yaqin limon parvarishlanib, yiliga 2 tonnagacha hosil olinadi. Shu bilan birga ekin maydonida turli ro‘zg‘orbop mahsulotlar yetishtiriladi. Bundan tashqari, xonadonda qo‘y parvarishi ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ishlar oila daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
Orifjon Latipov ham tomorqa ortidan kelgan daromad orqali ro‘zg‘or tebratadi. U xonadonidagi 3 ta issiqxonada gul yetishtiradi. Kichik plantatsiyalarda 30 turdagi 4000 dan ziyod gullar parvarishlanmoqda. Bu orqali oila a’zolari ham ish bilan band.
Bunday namunali xonadonlar mahallada tomorqadan samarali foydalanish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








