Yevropa qabristoni obod etilmoqda
2026-03-14 16:20:00 / Yangiliklar
Hududlarda obodonlashtirish, ozodalik va saranjom-sarishtalikni ta’minlash ishlari davom etmoqda. Bu tashabbus atrof-muhit ko‘rkini oshirish bilan birga jamoatchilik birdamligini mustahkamlamoqda.

Ayni shu ezgu ishlar doirasida Yangi Namangan tumanida joylashgan Abu Rayxon Beruniy mahallasi hududidagi Yevropa qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Maydon hajmi 6,48 gektar bo‘lgan mazkur maskanda qabriston devorlarini yangilandi. Shuningdek, yangi darvoza o‘rnatish bo‘yicha ham belgilangan rejalar bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
Bunday xayrli ishlar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






