“Firdavs yengil sanoat” ishlab chiqarish va eksportni kengaytirmoqda
2026-03-11 16:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “Firdavs yengil sanoat” MCHJ mahalliy bozorni sifatli kiyimlar bilan ta’minlab kelmoqda. 2013 yilda tashkil etilgan korxonada bugungi kunda 35 nafar fuqaro doimiy ish bilan band. Korxonada har oy o‘rtacha 1,5 ming dona mahsulot, asosan erkaklar shim va kostyumlari tikiladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xorijiy bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Xususan, 2025 yilda korxona tomonidan Turkmanistonga 70 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 200 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari, rivojlanish strategiyasi hamda kelgusi rejalar yuzasidan muloqot qildi. Uchrashuv davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama etildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









