8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosib nishonlandi
2026-03-07 19:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali kechaga tumanning turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barcha ayollarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlarga tuman hokimligining bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida madaniyat bo‘limi va mehmon san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramona kayfiyat bag‘ishlab, aziz va moʻtabar ayollarga o‘zgacha shodlik ulashdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









