“Ankabud” korxonasida oyiga 20 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda
2026-03-07 16:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Ankabud” korxonasi kolbasa va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Bu yerda ayni paytda 20 turdagi mahsulotlar tayyorlanib, ichki bozorga yetkazib berilyapti.
Zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan mazkur korxonada oyiga 20 tonnagacha kolbasa ishlab chiqiladi, muhimi 20 nafar aholi ish bilan band.
Tuman hokimi korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi, kelgusi rejalar bilan tanishib, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









