“Vinder School” markazida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi
2026-03-05 17:05:00 / Yangiliklar

Markazda ingliz va rus tillarini o‘rganish istagida bo‘lgan yigit-qizlar ta’lim olib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashmoqda. Ushbu maskan qisqa vaqt ichida yoshlar uchun bilim va ko‘nikma olish imkoniyatini yaratayotgan ta’lim markazlaridan biriga aylangan.
Markaz rahbari Ulug‘bek Mullaboyev Londondagi London South Bank Universityda tahsil olgan. U yosh bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar 1000 nafardan ortiq yoshlarga til va kasb-hunar o‘rgatgan. Ular orasida ingliz tilidan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar soni 100 nafardan ortiqni tashkil etadi.
Tashrif davomida tuman hokimi markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni zamonaviy bilim hamda kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha hokimiyat bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan qator tashabbuslar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






