Namangan davlat texnika universitetida “Yoshlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-03-05 14:00:00 / Yangiliklar
Navbatdagi tadbir Namangan davlat texnika universitetining Transport fakultetida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi rahbari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan texnikalar va qo‘l ishlanmalari namoyish etildi. Ular erishgan natijalar va amaliy mahorati diqqat bilan baholandi.
Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy va texnik qobiliyatlarini rag‘batlantirish, ularga motivatsiya berish hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









