Ta’lim tizimidagi ayollar bayram bilan tabriklandi
2026-03-05 13:30:00 / Yangiliklar
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Yangi Namangan tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida “Turon” maktab teatri tomonidan malika To‘maris jasorati haqida teatrlashgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Shundan so‘ng ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnati e’tirof etilib, ularga bayram tabriklari yo‘llandi. Fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









