Bo‘lajak askarlar harbiy xizmatga tantanali kuzatildi
2026-03-05 09:40:00 / Yangiliklar

Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidovga tayyorgarlik haqida axborot berdi.
Shundan so‘ng, harbiy orkestr tomonidan Davlatimiz madhiyasini ijro etildi.
Namangan viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zida muhtaram Prezidentimiz, Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi haqida to‘xtaldi.
Marosimda soha faxriylari, ota-onalar vakillari ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston Qurolli kuchlari safida xizmat qilish bugun har bir yigit uchun sharafga aylanganini ta’kidladilar va bo‘lajak askarlarga oq yo‘l tiladilar.
Milliy Gvardiyachilarning ko‘rgazmali chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. Tadbir nihoyasida bo‘lajak askarlarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









