Viloyat hokimi nuroniylar bilan iftorlik qildi
2026-03-04 20:40:00 / Yangiliklar

Bugun “Komolxon ota” milliy taomlar markazida ham muborak oy munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi. Unda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov nuroniylar, mehnat faxriylari va jamoat faollari bilan birgalikda iftor qildi.
Tadbirda Ramazon oyining mehr-muruvvat, saxovat va ahillik kabi yuksak fazilatlarni qaror toptirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, keksa avlod va faol jamoatchilik vakillariga e’tibor va hurmat ko‘rsatish ezgu an’analarimiz davomi ekani qayd etildi.
Samimiy va fayzli muhitda o‘tgan iftorlik davomida nuroniylar yurt tinchligi, xalq farovonligi va Vatanimiz ravnaqi uchun duolar qildilar. Bunday xayrli tadbirlar jamiyatda hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






