Hovlidagi gullar bog‘i 90 millionlik daromad olib kelmoqda
2026-03-03 15:55:00 / Yangiliklar
“Atangan guzari” mahallasidagi Qo‘chqorovlar oilasi hovlisini haqiqiy gullar bog‘iga aylantirgan. Xonadonda 3 ta gul plantatsiyasi va 30 dan ortiq turdagi 10 000 dan ziyod gullar parvarish qilinadi.

Oila nafaqat ommabop gullar, balki noyob turlarni ham ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi. Har yili o‘tkaziladigan gullar festivalida faol ishtirok qilib, mehnati samarasini ko‘radi: 80–90 million so‘mlik daromad olinadi.
Mehmonovlarning tajribasi shundan dalolat beradiki, mehr bilan bajarilgan mehnat ham go‘zallik, ham moddiy baraka keltiradi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









