IT va aniq fanlarga ixtisoslashgan xususiy maktab faoliyati o‘rganildi
2026-03-02 16:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Najot Ta’lim” xususiy maktabida ta’lim sharoitlari va o‘quv jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mazkur maktab 420 nafar o‘quvchini zamonaviy talablar asosida ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatiga ega.

Muassasa matematika, informatika, robototexnika va IT yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo‘lib, rus va ingliz tillari chuqur o‘rgatilmoqda. O‘quvchilar zamonaviy kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib tayyorlanmoqda.
Ushbu tashabbus hududda xususiy ta’lim rivojiga hamda yosh avlodni raqamli dunyo talablariga mos tayyorlashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






