“ASR TEX” eksportni yo‘lga qo‘ymoqchi
2026-03-02 14:40:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasda faoliyat yuritayotgan “ASR TEX” korxonasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar aholi ish bilan band. Korxonada zamonaviy turdagi pechlar, mikserlar, muzlatgich va boshqa elektr texnikalar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

2024 yilda korxona tomonidan Xitoydan 1,3 milliard so‘mlik xomashyo va mahsulotlar import qilingan bo‘lsa, 2025 yilda umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar mahalliy bozorga yetkazib berildi. Joriy yildan esa eksportni ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi hamda tadbirkor bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida tadbirkor yo‘l sozlash masalasi bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









