“ZARKA 001” eksport geografiyasini kengaytirmoqda
2026-02-21 15:15:00 / Yangiliklar

Korxona asoschisi Nigora Nasimova turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 10 yil davomida Rossiyada orttirilgan tajriba asosida 2022 yildan mahalliy shart-sharoitda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Dastlab 5 nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan korxonada bugungi kunda 150 nafardan ziyod xodim mehnat qilmoqda.
Korxonada kattalar va bolalar uchun turli xil trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, asosan eksportga yo‘naltirilgan. O‘tgan yili 5 mlrd so‘mlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda eksport hajmini ikki barobar oshirish rejalashtirilgan. Boisi Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari bilan ham eksport shartnomalariga erishilgan.
Tadbirkor mahsulotlar sotuvi uchun shomrum tashkil etish hamda ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha joy ajratish masalasida tuman hokimiga murojaat qilindi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli yechim choralari belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






