Savdoda tartib-intizom masalasi: “Do‘stlik savdo sanoat kompleksi” nazoratda
2026-02-14 10:40:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida bozor hududining umumiy holati, savdo do‘konlarining joylashuvi, sanitariya va obodonlashtirish darajasi, shuningdek, xaridorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda savdo faoliyatini tartibga solish, sanitar talablarga qat’iy rioya etish va infratuzilmani yaxshilash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, savdo jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash, hisob-kitoblarni rasmiylashtirish, raqamlashtirishni kengaytirish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Ushbu chora-tadbirlar bozor faoliyatida tartib-intizomni mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









