Yangi Namangan tumanida hunarmandchilik: “Sohil” mahallasi tajribasi
2026-02-10 11:10:00 / Matbuot anjumanlari
Keyingi manzil sifatida OAV vakillari “Sohil” mahallasidagi yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar faoliyati bilan tanishdilar.

Mazkur mahalla tumanda qo‘l mehnatiga ixtisoslashgan hududlardan biri bo‘lib, asosiy yo‘nalish yog‘och o‘ymakorligi hisoblanadi. Ustalar an’anaviy naqsh va uslublarni saqlagan holda, zamonaviy talablarga mos mahsulotlar tayyorlamoqda. Mahsulotlar Samarqand, Surxondaryo, Jizzax hamda vodiy viloyatlariga yetkazib berilmoqda.
Hozirda mahallada 180 dan ortiq hunarmand ushbu soha bilan shug‘ullanib, 450 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Bu esa aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









