Bozori faoliyati yuzasidan tanqidiy tahlil o‘tkazilib, norasmiy savdo aylanmalariga chek qo‘yish choralari belgilandi Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan, aholi orasida “Shamshiboy” nomi bilan tanilgan ixtisoslashtirilgan qurili
2026-02-07 12:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan, aholi orasida “Shamshiboy” nomi bilan tanilgan ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo bozori faoliyati o‘rganildi. Bozor hududida 1000 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritmoqda.

Nazorat jarayonida savdo do‘konlarining joylashishi va sanitar holati ko‘zdan kechirildi. Bozordagi betartiblik va noqonuniy yoymalarni bartaraf etish, hisob-kitoblarni to‘liq rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga chek qo‘yish, savdo aylanmalarini nazoratdan chetda qoldirish holatlariga barham berish hamda texnika xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etish talablari qo‘yildi.
Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish, savdo sharoitlarini yanada qulaylashtirish, raqamlashtirishni kengaytirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Ushbu choralar tadbirkorlar va xaridorlar uchun yanada qulay va tartibli muhit yaratishga xizmat qiladi.






