Favqulodda vaziyatlar: profilaktika va samara
2026-01-20 18:20:00 / Yangiliklar
Bugun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Yong‘in, chaqnash, is gazidan va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, shuningdek, yangi qurilayotgan maskanlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Media tadbirda dastlab kun tartibidagi masalalar yuzasidan soha mutasaddilarining axborotlari tinglandi.
Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Elyor Ahmadaliyev ishtirokchilar bilan samimiy suhbat qurib, sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoqlar faollarining savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Ochiq muloqot davomida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda media sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.








