“Guliston”da gaz tarmoqlari gidravlik va estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda
2026-01-16 15:50:00 / Yangiliklar

“Guliston”da gaz tarmoqlari gidravlik va estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda
Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasida gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi. Loyiha doirasida 4,5 km uzunlikdagi quvurlar yangilanmoqda, shu paytga qadar 4 km qismi to‘liq qurib bitkazildi.
Mahalla aholisi tabiiy gaz ta’minotida “og‘ir hudud” dasturiga kiritilgan, shu bois mavjud tarmoqlar gidravlik va estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda. Bu choralar yo‘qotishlarni kamaytirib, ta’minotni ishonchli va barqaror qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek, “aqlli mahalla” loyihasi doirasida qo‘shqator gaz tarmoqlari yagona tizimga ulantirilmoqda, quvurlar zamonaviy standartlarga muvofiq bo‘yoqlanmoqda va ikki bosqichli ta’minot tizimi joriy etiladi.









