YAŞILLIK — KELAJAKKA QÖYILGAN MUSTAHKAM QADAM
2026-11-07 11:10:00 / Yangiliklar

Yurtimizning barça hududlarida bölgani kabi Yangiqörğon tumanida ham «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş va daraxt ekiş işlari keng kölamda davom etmoqda.
Navbatdagi ommaviy köçat ekiş tadbiri "Buloqboşi" mahallasida taşkil etildi. Unda sektorlar rahbarlari, nuroniylar, yoşlar hamda turli taşkilot va muassasalar vakillari bir tanu bir jon bölib iştirok etdilar.
Tadbir davomida hududga 2 ming tup manzarali va mevali daraxt köçatlari ekildi.
Eʼtiborlisi, bunday ezgu taşabbuslar nafaqat hududlar qiyofasini özgartiriş, balki ekologik barqarorlikni taʼminlaş, havo musaffoligini asraş, yozning jazirama kunlarida salqin muhit yaratiş va kelajak avlod uçun soğlom atrof-muhitni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, manzarali daraxtlar bilan bir qatorda mevali köçatlarning ekilişi ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan ahamiyatlidir. Zero, bugun qadalgan har bir nihol ertangi kunning yaşil boyligi, tabiatga körsatilgan ğamxörlik va obod kelajakka qöyilgan qadamdir.
Taʼkidlaş joizki, «Yaşil makon» doirasidagi işlar tumandagi barça mahallalar, korxona va taşkilotlarda ham taşkil etilib, kökalamzorlaştiriş umumxalq harakatiga aylanmoqda.
Endilikda eng muhim vazifa — ekilgan köçatlarni parvarişlaş, ularning tutib ketişi va kelgusida soya-salqin maskanlarga aylanişini taʼminlaşdir. Çunki loyiha samarasi faqat ekilgan köçatlar soni bilan emas, balki ularning yaşnab, ulğayişi bilan belgilanadi.
Tumanning barça mahallalari, korhona va taşkilotlarida bölib ötgan bu kabi tadbirlarda jami 8000 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar köçatlari ekildi.
Tabiatga bugun körsatilgan eʼtibor — ertangi avlodga qoldiriladigan eng katta merosdir!
Yangiqörğon tumani hokimligi Axborot xizmati









