6,4 MILLIARD SÖMLIK LOYIHA: BEKOBOD SOYI USTIDAGI KÖPRIK QAYTA QURILMOQDA
2026-11-06 16:10:00 / Yangiliklar

Yangıqörğon tumanida aholi uçun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratış, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlar davom etmoqda.
Ayni kunlarda «Baliqqöl – Iskovot» avtomobil yo‘lida joylaşgan Bekobod soyi ustidan ötuvçi köprik qayta qurilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov mazkur obyektda bölb, olib borilayotgan quriliş işlari bilan tanişdi. Mas’ullardan loyihaning borışı, bajarilgan işlar va belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumot oldi.
Quriliş jarayonida sifat talablariga qat’iy rioya qiliş, işlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş hamda xavfsizlik çoralarini ta’minlaş böyiça tegishli tavsiya va körsatmalar berdi.
Mazkur köprik yillar davomida aholi harakatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Biroq sel kelişi davrida uning holati xavfli tus olib, aholi va transport vositalari harakatida qiyinçiliklarni yuzaga keltirayotgan edi. Amalga oşirilayotgan qayta qurış işlari natijasida uşbu muammo bartaraf etilib, aholining oğiri yengil böladi, harakat xavfsizligi yanada ta’minlanadi.
Loyiha Tabiiy ofatlar jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 6,4 milliard söm mablag‘ evaziga amalga oşirilmoqda. Yangi köprikning eni 12 metr, uzunligi esa 24 metrni taşkil etadi.
Bugungi kunga qadar quriliş maydonida aylanma yo‘l taşkil etilib, eski köprik buzib olindi. Şuningdek, 40 dona beton qoziq qoqilib, köprik osti tekislandi, beton quyiş uçun armatura karkasi töqilib, betonlaş işlari bajarildi.
Yangıqörğon tumani hokimligi Axborot xizmati






