“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi - amalda
2026-10-26 11:05:00 / Yangiliklar

Yurtboshimizning “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-sonli qarori hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturlariga asosan Yangiqo‘rg‘on tumanida ham bir nechta mahallalar tanlab olindi.
Bugun tuman hokimi Qorapolvon mahallasida olib boriladigan bunyodkorlik ishlarining master rejasi, loyihani amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra mahallaga ajratiladigan 5 mlrd. so‘m hisobiga 4 km. yo‘lni asfaltlash, 1 km.uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish, 100 ta ko‘cha chiroqlari o‘rnatish, 1 km.uzunlikdagi lotok yotqizish, 10 ta o‘rindiqlar o‘rnatish, favvora, yashil xiyobon, IT markazlarini tashkil etish, bolalar maydonchasi hamda "Work out" maydonchasini barpo etish hamda MFY uchun bino qurish, moddiy texnik bazasini kengaytirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zda tutilgan.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati




