Fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-13 17:45:00 / Yangiliklar

Bugun tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Tuman hokimi o‘rinbosari N. Abdurahmonova tomonidan olib borilgan qabulda fuqarolardan jami 31 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlar asosan uy-joy qurish uchun yer ajratish, hovli-joylarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va to‘g‘rilash, moddiy yordam ko‘rsatish hamda salomatlikni tiklash bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Hal etilishi qo‘shimcha vaqt va o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati





