«Sohil» Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallaga aylanmoqda
2026-10-13 15:05:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olingan «Sohil» mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ayni paytda mahallada mahalla yettiligi uchun ma’muriy bino qurish, bolalar maydonchasi hamda piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mahalladagi ma’nan eskirgan Madaniyat markazi binosi o‘rnida zamonaviy va qulay maskan barpo etish, kichkintoylar uchun bog‘cha hamda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kutubxona tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi mazkur takliflarni amalga oshirish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.









