«Sohil» mahallasi kundan kunga yangi qiyofa kasb etmoqda
2026-09-08 09:30:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi A.Najmiddinov Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olingan «Sohil» mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Bugun «Sohil»da yangilanishlar shiddat bilan davom etmoqda. Hudud kun sayin ko‘rkamlanib, zamonaviy va obod maskanga aylanib bormoqda. Aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va mahallaning qiyofasini tubdan yangilashga qaratilgan ishlar bugungi o‘zgarishlarning amaliy ifodasidir.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino hamda yoshlar va aholi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qurilayotgan vorkaut maydonchasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, obyektlarda qurilish ishlarining sur’ati va sifatiga alohida e’tibor qaratildi. «Sohil»ni yanada obod, zamonaviy va aholi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati






