Xalq qabulxonasida — murojaatlar tinglandi, yechimlar belgilandi
2026-09-08 13:10:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq qabulxonasida tuman hokimi A.Najmiddinovning navbatdagi qabuli o‘tkazilib, unda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Qabul davomida tibbiyot sohasida ishga joylashish, maktabga ishga kirish, xususiy bog‘ga tegishli kadastr masalasini hal etish, maktab atrofidagi yerdan foydalanish, aliment undirish va to‘lash, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ ajratish, uy-joy bilan ta’minlanish, ta’lim krediti olish, subsidiya asosida tikuv mashinasi xarid qilish, kredit olish uchun ta’minotchi masalasi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer ajratish kabi qator masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, mas’ul rahbar va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi belgilandi.
Zero, murojaat ortida inson taqdiri, oila manfaati va kelajakka bo‘lgan umid bor. Shu bois fuqarolarning har bir murojaatini e’tiborsiz qoldirmaslik, muammolarga qonuniy va amaliy yechim topish — ustuvor vazifalardan biridir.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati









