Yuqori Navkent mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
2026-08-17 15:25:00 / Yangiliklar

Yuqori Navkent mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
Bugun tuman hokimi Yuqori Navkent mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla faollari hamda fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman hokimi mas’ullarga aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, har bir masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati





