«Sohil» mahallasida aholi uchun qulayliklar yaratiladi
2026-08-14 14:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-noyabrdagi «Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-298-sonli qaroriga asosan «Sohil» mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobidan mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy bino, kutubxona, IT markaz hamda bolalar o‘yingohi barpo etilishi rejalashtirilgan.
Bugun tuman hokimi mazkur obyektda bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Mas’ullarga ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda yaratilayotgan obyektlarni aholi uchun qulay va zamonaviy talablar asosida barpo etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati







